E’lon! Ilg‘or ta’lim berishda sun’iy idrokdan foydalanish” mavzusida tanlov e’lon qilingan.
Yunesko ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2019 yil 20 iyundagi 175-19-sonli xatiga ko‘ra Yunesko tomonidan “Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli Yunesko/Hamad Isa Al-Xalifa mukofoti bo‘yicha 2019 yil uchun “Ilg‘or ta’lim berishda sun’iy idrokdan foydalanish” mavzusida tanlov e’lon qilingan. Tanlov talablariga mos keluvchi loyihalar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.