Sharipova Saodat  Tursunbaevnaning farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD) dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi

24.07.2019, 15:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2297

Dunyoda diuretik preparatlar yurak yetishmovchiligi simptomlari rivojlanishiga olib keladigan arterial gipertoniyada keng qo‘llaniladi. Hozirda arterial gipertoniya keng tarqalgan noinfeksion patologiya sifatida tavsiflanmoqda va uning tarqalishi epidemiologik xarakterga ega. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST)ning ma’lumotiga ko‘ra, «dunyoni o‘rta yoshli aholisining 20–30% ushbu patologiya bilan jabrlangan, 65 yoshdan kattalarda esa arterial gipertoniya tarqalishi 2 barobar ortadi va 50-65% tashkil qiladi». Shuning uchun mahalliy dorivor o‘simliklardan samaradorligi bo‘yicha xorijiy analoglardan farq qilmaydigan diuretik dori vositalarni ishlab chiqish zamonaviy farmatsevtika sanoatining muhim vazifalaridan biriga aylandi. Mana shunday ishlarni olib borish, ilmiy yangiliklar qilish hamda inson salomatligini tiklashga qaratiladigan ilmiy ishlarning olib borilishi insonni quvontiradi. Bugun Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017. far.32.01 raqamli ilmiy kengashda  Sharipova Saodat  Tursunbaevnaning “O‘simlik xom ashyolari asosida diuretik dori vositalarini ishlab chiqishning farmako-texnologik aspektlari” mavzusida farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD) dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Institut jamoasi nomidan Sharipova Saodat  Tursunbaevnani (PHD) dissertatsiya ishidan muvofaqiyatli o’tganliklari bilan samimiy muborakbod etamiz.

      

      

      

      

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova