Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining talabalari “Farmakognoziya” kafedrasida o’quv amaliyotini o‘tkazdilar

24.07.2019, 13:22 E'lonlar 2356

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 17 iyun kuni Janubiy Qozog‘iston tibbiyot Akademiyasining farmatsiya yo‘nalishi 4 kurs talabalari “Farmakognoziya” kafedrasi nst o’qituvchisi Toykul Seytanovna rahbarligida “Farmakognoziya” fanidan amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurishdi. Institut rektori professor I.I.Alimdjanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     

     

O’quv amaliyoti “Farmakognoziya” kafedrasi dotsenti N.T.Farmanova, M.A.Xodjaeva va Sh.R.Xalilova boshchiligida amaliyot dasturi asosida olib borildi. Amaliyot 3 iyulga qadar davom etadi. “Farmakognoziya” kafedrasi laboratoriya darslari, o’quv darsliklari va kafedra a’zolari bilan tanishdilar.

     

O’zR FA Botanika nstitute huzuridagi akad. F.A.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog’i “Anatomiya va sitoembriologiya” laboratoriyasiga tashrif buyurildi. Amaliyot davrida talabalar shu laboratoriyadagi zamonaviy mikroskoplar bilan tanishdilar va dorivor o’simlik mahsulotlaridan kesmalar olish, ularni anatomik-diagnostik belgilarini aniqlash bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada mustaxkamladilar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

     

     

     

     

“Dori vositalarni standartlash ilmiy markazi” laboratoriyasiga tashrif buyurildi. Amaliyot davrida talabalar shu laboratoriyadagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan tanishdilar va dorivor o’simlik mahsulotlarini tarkibidagi biofaol moddalarni sifat va miqdorlarini aniqlash bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada mustaxkamladilar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

     

     

     

Toshkent Davlat agrar universitetiga tashrif buyurildi. Bunda “Dorivor o’simliklar” kafedrasiga tashrif jarayonida kafedra mudiri dotsent G’aniev A.Q. rahbarligida o’quv jarayonlar hamda dorivor o’simliklar ekilgan plantatsiyalar bilan tanishdik.

     

     

     

2019 yil 26 iyun kuni Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Chimyon o’quv dala amaliyot bazasiga tashrif buyurdik. Amaliyot 14 iyulga qadar davom etdi. Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi talabalari 3 iyulga qadar Chimyon o’quv bazasida amaliyotni o’tadilar.

     

Farmakognoziya kafedrasi