Institutda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari

23.07.2019, 15:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2253

Bugungi kunda yurtimiz yoshlari uchun keng imtiyozlar, ko’plab qulayliklar yaratilmoqda. Ularning bilm olishlari uchun o’quv xonalari zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Toshkent farmatsevtika institutida olib borilayotga rekonstruktsiya ishlari ham bundan mustasno emas. Yozgi ta’tilda tinimsiz mehnat qilib kelayotgan instituning fidoiy talabalari, rahbar xodimlari, biriktirilgan o’quv xonalarida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan professor-o’qituvchilar, kafedra mudirlari so’zimiz dalilidir. 2019 yil 23 iyul holatiga ko’ra Toshkent farmatsevtika instituti qoshida joylashgan akademik litsey binosida kafedralar tomonidan o’quv xonalariga rang berish ishlari davom etmoqda. Shuningdek 5-6-7-8 qavatlardagi sanuzellar olinib yo’laklar kengaytirildi. O‘quvchilar turar joylari esa o’quv xonalariga aylantirilmoqda.

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova