Talabalar turar joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Talabalar turar joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Hammamizga ma’lumki prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga juda ko`p imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.Shunday ekan bilimli salohiyatli yoshlar safini yanada kengaytirish maqsadida yurtimizdagi barcha oily ta’lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutida ham rekonstruktsiya va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari avjida. 2019 yil 19 iyul kuni institutning fidoiy talaba yoshlari talabalar turar joyida ta’mirlash ishlarini erta tongdan yana davom ettirmoqdalar. Mazkur ta’mirlash ishlarida nafaqat institut talabalari balki rahbariyat va institut professor-o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova