Yangi   o‘quv  yiliga qizg’in  tayyorgarlik  ko‘rilmoqda

18.07.2019, 14:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1840

Yangi   o‘quv  yiliga qizg’in  tayyorgarlik  ko‘rilmoqda

        2019  yil 17 iyul kuni Toshkent  farmatsevtika  instituti  rahbar xodimlari ishtirokida  yig’ilish  bo‘lib  o‘tdi. Mazkur yig’ilishda intitut prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, dekan va dekan muovinlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Yig’lishda  2019 yil  16 iyul kuni  institut  rektori tomonidan  berilgan vazifalar  yuzasidan barcha  kafedra  mudirlari o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor  Z.A. Yuldashevga hisobot  berdilar. Shuningdek  institutda olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari va yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik   yuzasidan kunlik hisobotlar  taqdim etildi. Majlis davomida rahbar  xodimlarga hamda kafedra mudirlariga  yana  qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

     

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova