O’quv- tajriba amaliyot kompleksida  ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

17.07.2019, 18:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1861

O’quv- tajriba amaliyot kompleksida  ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

        Toshkent farmatsevtika institutida 2019-2020 o’quv yiliga qizg’in  tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida institut  hududida o’quv-tajriba amaliyot kompleksi joriy etildi.           Hozirda institut ekstraktsiya sexida  rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda.  Institut  professor-o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, talabalar ilmiy  ish olib borishlari  uchun barcha shart-sharoitlar  yaratilmoqda. Mazkur o’quv tajribaviy kompleksida  dorivor o’simliklar  homashyolaridan ekstraktlar olish va ular  asosida turli shakllardagi  dori vositalarining ishlab chiqarish  texnologiyalarining amaliyotga tadbiq etish ishlari olib boriladi.

    

     

                                                                                                                                 Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova