Rahbar xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib  o‘tdi

17.07.2019, 15:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1858

Rahbar xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib  o‘tdi

     2019 yil 16 iyul kuni soat 17.00 da  Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov barcha rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘lish tashkil etadi. Yig‘ilishda ko‘plab masalalar o‘rtaga qo‘yildi. Jumladan Toshkent  farmatsevtika instituti qoshidagi akademik  litsey boshqa binoga ko’chirilishi sababli institut  professor-o’qituvchilari va  xodimlari ko’chish jarayonidagi ishtiroki, institutda olib borilayotgan bunyodkorlik, ta’mirlash ishlari  hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek institutda  olib borilayotgan  ta’mirlash ishlari xususida har  kunlik ma’lumotlar  yuzasidan to’xtalib rahbar xodimlar, dekan va dekan muovinlariga vazifalar yuklandi.Yig‘lish davomida institut rektori va davlat atestatsiya komissiyasi raislari so‘zga chiqib mavzu yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdilar.

      

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova