Institut 3-o’quv binosi qayta ta’mirlash jarayonida!

15.07.2019, 14:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2080

Institutning 3-o’quv binosida ham hozirgi kunda ishlar avjida. Ushbu bino qurilganidan buyon ta’mirlanmagan va o’quv jarayoni talablariga mos kelmas edi. 2 ta qavatdan iborat binoda hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Binoda zamonaviy laboratoriya xonalari, o’quv auditoriyalari, professor-o’qituvchilar xonalari va yordamchi xonalar zamonaviy qiyofaga keladi. Talabalarning zamonaviy o’quv-laboratoriyalarida bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish belgilangan.Bu esa o’z navbatida ta’lim sifatini oshirishga, talabalar va professor-o’qituvchilarning o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi shubhasiz. Muhtaram yurtboshimizning farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo’yicha qabul qilayotgan qarorlarida,ushbu tarmoqda izchil islohotlarni amalga oshirishda farmatsevtika kadrlarini har tomonlama bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shadigan, fidoiy yoshlarni tarbiyalash Toshkent farmatsevtika institutining eng asosiy vazifasidir. Institut jamoasi oliygohimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlarida faol ishtirok etmoqdalar. Institut rektori, professor I.I.Alimdjanov raxbarligida institutda o’quv jarayonini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik ba’zani mustaxkamlash, xorijiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi va davom etmoqda. Ayniqsa, institutda ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurash raxbariyatning muntazam nazoratida.

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova