Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon amaliyot bazasida institut talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

12.07.2019, 13:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2161

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning 2-yo‘nalishi: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tadbir ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon amaliyot bazasida institut Farmatsiya fakulteti 3 kurs talabalari o‘rtasida 2019 yil 11 iyul kuni sportning estefeta turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Talabalar jamoa bo‘lib ishtirok etdi: “Shunqorlar” va “Lochinlar”. Jamoa ishtirokchilari musobaqda faol ishtirok etdi va xakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Natijaga ko‘ra “Lochinlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ularga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA