“Sharmu hayo, ibo, iffat singari fazilatlar o‘zbek ayoliga xos tushunchalardir”

12.07.2019, 13:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1905

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon sog‘lomlashtirish masakanida Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari talaba-qizlar o‘rtasida “Sharmu hayo, ibo, iffat singari fazilatlar o‘zbek ayoliga xos tushunchalardir” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat jarayonida Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi I.Iminova talaba-qizlarni sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “madaniyat”larning talaba-qizlar orasida tarqalishiga qarshi samarali ishlar olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA