“Oila – jamiyat poydevori”

08.07.2019, 12:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1800

2019 yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon sog‘lomlashtirish masakanida Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari talaba-qizlar o‘rtasida “Sog‘lom ayol – sog‘lom farzand demakdir”, “Oila – jamiyat poydevori” mavzularda ochiq muloqot olib borildi. Suhbat jarayonida Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zosi I.Iminova talaba-qizlar o‘rtasida farzand tarbiyasi, yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, erta nikohlarning oldini olish, to‘y va boshqa tadbirlarni ixcham va tartibli o‘tkazishga qaratilgan mavzularda targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek, oilaning maqaddasligi, qizlar kelajakda farzand tarbiyasida nimalar alohida e’tibor berishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA