Institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.Q.Ismoilov talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanish maqsadida Chimyon sog‘lomlashtirish maskaniga tashrif buyurdi

08.07.2019, 12:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1841

2019 yil 6 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon sog‘lomlashtirish masakanida institut “Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.Q.Ismoilov talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanish maqsadida  tashrif buyurdi. Talaba-yoshlar maskur maskanda dorivor giyohlar, ular inson salomatligini tiklashdagi foyydali ahamiyati bilan tanishish maqsadida dala amaliyotini o‘tashmoqda. Suhbat jarayonida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi K.Q.Ismoilov talabalar o‘rtasida “vatan ostonadan boshlanadi”, “Yoshlarni turli yot g‘oyalarning salbiy jihatlaridan ogoh etish” kabi mavzularda targ‘ibot ishlarini olib bordi. Talabalar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari va ularning asl maqsadlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. Talabalar barcha yaratilgan imkoniyatlardan, shart-sharoitlarda institut rahbariyatiga o‘z minnatdochiliklarini is’hor qilishdi.

     

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA