Talabalarimiz yozgi maktabni tamomlab, sertifikat bilan taqdirlandilar

06.07.2019, 17:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2354

O’zbekiston Respublikasi  innovatsion  rivojlanish vazirligi huzuridagi “Ilg’or texnologiyalar markazi” Davlat ilmiy markazi tomonidan tashkil etilgan yozgi maktabda  4 nafar Biotexnologiya yo’nalishi talabalari ta’lim olishdi. Ikki haftalik o’qish davomida talabalarimiz belgilangan mavzular   yuzasidan amaliy mashg’ulotlar  va ma’ruzalani  o’zlashtirdilar. Ular 05.07.2019 da ushbu yozgi maktabni tamomlab, sertifikat  bilan taqdirlandilar. Bulardan biri Toshkent farmatsevtika institutining sanoat farmatsiya fakultetining 1 bosqich talabasi  Pulatov Mahkambek.

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova