Institut rektori yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan yig‘lish tashkil etdi

06.07.2019, 13:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2373

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni bilimli, jismonan sog‘lom va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Bu borada yurtimizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalarida ham keng ko’lamli  ishlar amalga oshirilmoqda. 2019 yil 4 iyul kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich  institut rahbar xodimlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari o‘rtasida yig‘lish tashkil etdi. Mazkur yig‘lish 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hususida bo‘ldi. Majlis davomida kafedra mudirlariga berilgan topshiriqlar yuzasidan to‘xtalib o‘z vazifasifasini uddalay olmaydigan xodimlarga hayfsan e’lon qilinishi ta’kidlandi.Shu bilan birga qo‘shma fakultet dasturlari xususida  o‘quv va uslubiy bo‘lim boshlig‘i Abzalova Nodira Akmalovnaga topshiriqlar yuklatildi. Shuningdek qo‘shma fakultet uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar  yaratish yuzasidan  ham to‘xtalib o‘tildi. Yangi o‘quv yiliiga tayyorgarlik  xususida  rahbar  xodimlarga, dekan va dekan muovinlariga bir qator vazifalar topshirildi.

      

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova