Sog’lom  turmush tarzi  tarafdorimiz

05.07.2019, 15:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1936

Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma’rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan.

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 yil 2 iyuldagi 87-02-1296- sonli  xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 5 iyul kuni Toshkent farmatsevtika instituti professor–o’qituvchilari va hodimlari ishtirokida tonggi badantarbiya mashqlari o’tkazildi. Bu badantarbiya mashqlari kun davomida xodimlarni tetik va sog’lom  holda ish faoliyatini olib borshiga yordam beradi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova