Toshkent farmatsevtika institutida qo’shma fakultetga hujjatlar qabul qilinmoqda

30.06.2019, 18:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2597

Sankt – Peterburg kimyo farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida qo’shma fakultet tashkil etilgan bo’lib institutda mazkur fakultetga abiturientlar tomonidan hujjatlar qabul qilinmoqda. Qo’shma fakultetda 3 yil Toshkent farmatsevtika institutida hamda 2 yil Sankt-Peterburg kimyo farmatsevtika universitetida tahsil olinadi. Ushbu fakultetga hujjatlarni topshirishda abiturientlar rus tilini mukammal bilishlari talab etiladi. Hozirgi kunga qadar qo’ shma fakultetga 50 dan ziyod abiturientlar hujjatlarini topshirdilar.