“Immunobronh” dori vositasi yaratildi

27.06.2019, 15:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2362

Toshkent farmatsevtika instituti, Sanoat farmatsiya fakulteti bitiruvchisi  Nazarkulov Mirsodik Sanjar  o‘g‘li, o‘zining «Texnologiya polucheniya i proizvodstvo siropa ot kashlya IMMUNOBRONH» mavzusida yakuniy  malakaviy ishini taqdim etdi. Yakuniy  malakaviy ish himoyasida  davlat attestatsiya komissiya a’zolari ishtirok etdilar.  Unda muallif tomonidan ushbu malakaviy bitiruv ishida kombinirlangan tarkibli sirop yaratish borasidagi tadqiqotlar natijalari yoritilgan.

Immunobronh” dori vositasi sirop shaklida bo‘lib uni quyidagi holatlarda foydalaniladi:

– Antiseptik va tinchlatiruvchi shakilga ega;

– Quruq va nam yo‘talda balg‘am ko‘chirishda;

– Yallig‘lanish kassaliklarida bronxitda;

– O‘tkir obstruktiv bronxitda;

– Allergik yo‘tallarni davolashda;

– Potensial quvvatni oshirishda;

–  Angina va og‘iz bo‘shlig‘idagi stomatitlarni davolashda;

– Avitaminoz xolatlarida;

– Moddalar almashinuvini yaxshilashda;

Mazkur dori vositasi tabiiy giyoxlardan tashkil topgan.

Nazarkulov Mirsodik Sanjar  o‘g‘lini hamda barcha institutimiz bitiruvchilarini  rahbaryat nomidan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz!

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova