Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat inspeksiyasi tomonidan institut faoliyati tekshirilmoqda

26.06.2019, 11:27 Yangiliklar 1956

Oliy ta’lim muassasasi talabalari bilimlarining  davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borishi, tahlil qilishi, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritishi, natijalar hamda ta’lim sifatiga  ta’sir etgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nazorat qilish maqsadida 2019 yil iyun oyida Toshkent  farmatsevtika institutiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat inspeksiyasi tomonidan  biriktirilgan ishchi guruhning  tashrif buyurdi. Nazorat davomida institutning ta’lim jarayoni, tartib qoidalari qabul jarayoni va institut veb-sayti bilan bog‘liq jarayonlar nazorati amalga oshirildi. Jarayonda  topilgan kamchiliklarni bartaraf etish hususida choralar ko‘rildi.

Shuningdek 2019 yilning  20 va 26 iyun kunlari biriktirilgan ishchi guruh tomonidan  institut kafedra mudirlari, dekanlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi va tushuntrish  ishlari olib borildi.

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova