“Men nechun sevaman O’zbekistonni” mavzusida Respublika miqyosida  o‘tkazilgan insholar  tanlovida Toshkent farmatsevtika instituti talabasi  g’olib deb topildi

19.06.2019, 18:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3730

O’z yurtiga sadoqat tuyg’usi vatanparvarlikning nishonasidir. “Harbiy xizmatchilarning savodxonligini oshirish va ma’naviy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning (2018 yil 11 dekabrda tasdiqlangan) 9-bandi hamda “Institut tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 14(17)-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 yanvardagi 78-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minash maqsadida “Men nechun sevaman O’zbekistonni” mavzusida Respublika miqyosida  insholar  tanlovi o’tkazildi. Unda Toshkent farmatsevtika instituti talabasi Otajonova Marhabo g’olib deb topildi.Tanlovda barcha g’oliblar orasidan eng yahshi g’oliblar o’ntaligi aniqlandi. Mana shu o’natlik g’oliblar qatorida  Toshkent farmatsevtika instituti talabasi Otajonova Marhabo ham qayd etildi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov tomonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

G’olibimizni institut rahbariyati nomidan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz.

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova