Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining barcha Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

19.06.2019, 18:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1876

Yoshlar oyligi munosabati bilan Toshkent farmatsevtika institutida Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining barcha Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari ishtirokida Respublika manaviyat  va ma’rifat  markazidan kelgan mutaxassislar tomonidan 5 ta tashabbus bo’yicha master klass o’quv seminari o’tkazildi. Yig’lishda  yangi o’quv yilida talabalarni Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi bo’yicha  kichik bizneslarini rivojlantirish va shartnoma pulini 35% to’lab berishda amaliy yordam berish haqida aytildi.Shuningdek talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishuchun  yangi dastur asosida band etish chora tadbirlari hususida ham to’xtalib o’tildi. Uchrashuv davomida Toshkent Irrigatsiya  institutining Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov mavzu yuzasidan o’z   fikr va takliflarini bildirdi.

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova