DTT kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.

17.06.2019, 16:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2156

Salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan va hamisha navqiron Samarqand mustaqillik yillarida yanada obod va ko‘rkam bo‘ldi. Uning qaysi bir go‘shasiga nazar solmang, ulkan yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlariga ko‘zingiz tushadi.

Jumladan, hududda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalarga ham qaytadan jon baxsh etildi. Ularning barchasi ta’mirlanib, ba’zilari yangidan bunyod qilindi. Bugun nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi kelib ko‘rsa, ma’naviy oziqlansa arziydigan muqaddas qadamjolarga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar.

Kafedra a’zolari Al- Buxoriy ziyoratgohiga, Registon ansambli,  Amir Temur maqbarasi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasiga, Xoja Doniyor maqbarasiga tashrif buyurdilar.

     

     

     

DTT kafedrasi