Sanoat farmatsiya fakulteti  talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi asar taqdimoti”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

14.06.2019, 14:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2071

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida  2019 yil 11 – iyunda “Eng yaxshi asar taqdimoti”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbir sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov va Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Tadbir institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan ochib berildi. Tadbir mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining va’kili R.Voxidov,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti L.S Yuldasheva va institut tarbiyachi-pedagogi, teatr studyasi badiiy rahbari N.E.Yusupova ham mavzu yuzasidan so‘zga chiqdilar. Tanlovda sanoat farmatsiya fakul’teti 1-kurs talabalari 18 ta jamoaga bo‘lingan holda o‘zlarining teatirlashtirilgan chiqishlari bilan qatnashdilar. Tanlov  shartlari quyidagicha tashkillashtirildi ya’ni

  • jamoalar badiiy asar muallifining hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdilar,
  • asarning mazmun-mohiyati prezentatsiya ko‘rinishida yoritdilar
  • asardan qisqa sahna ko‘rinishi namoyish etdilar.

Tadbirda Sanoat farmatsiya fakulteti 106-B guruh jamoasi Bexbudiyning “Padarqush” asari, 108-B guruh jamoasi tomonidan S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va 101-A va B guruhlari S.Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”nomli asar taqdimoti bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 102-A guruh jamoasi  O‘.Xoshimovning “Dunyoning ishlari” asari va 105-A guruh jamoasi A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” nomli asari bilan chiqgan sahna ko‘rinishlari orqali  2-o‘rinni egalladilar. Final bosqich ya’ni birinchi o‘rin 110-A guruh jamoasiga berildi. Ular tanlovda   Boburning “Boburnoma” asar taqdimoti bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Tanlov g‘oliblari “Diplom” va “Faxriy yorliqlar” bilan taqdirlandilar.

     

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova