Bugun “Oydin Hayot” ko‘rsatuvida farmokognoziya kafedrasi dotsenti Xodjaeva Muattar Asadullaevna mehmon

14.06.2019, 13:02 E'lonlar 2323

Yalpiz o‘simligi qanday o‘simlik?  U nima uchun qo‘llaniladi? Uning foydali hususiyatlari haqida bilasizmi?

Bahor darakchilaridan biri bo‘lgan yalpiz nafaqat ko‘klam taomlari uchun oshko‘k va ziravor, balki dorivor malham ekanligi bilan ham ajralib turadi. Yoqimli ifori bilan tilga olinuvchi yalpiz tarkibida efir moylari, organik kislotalar, flavonoidlar, karotin, glyukoza, S vitamini, mineral tuzlar mavjud. Xalq tabobatida yalpizning qo‘llanilishiga doir bir qancha tavsiyalar mavjud. Mazkur o‘simlik haqidagi eng qiziqarli va foydali ma’lumotlarni 2019 yil 13 iyun kuni “O‘zbekiston” telekanalining “Oydin Hayot” tok-shousida  bilib olishingiz mumkin. O’simlik haqidagi ma’lumotlarni Toshkent farmatsevtika instituti farmokognoziya kafedrasi dotsenti Xodjaeva Muattar Asadullaevna berib boradi. Tok-shouning takroriy soni bugun  soat 15.00 da namoish etiladi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova