Ramazon xayiti munosabati bilan “Xayir – exson” xaftaligi o‘tkazilmoqda

08.06.2019, 14:30 Yangiliklar 2505

2019-yil 6-iyun kuni Ramazon xayiti munosabati bilan “Xayir – exson” xaftaligi o‘tkazildi. Institutimiz Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltaeva, qo‘mita a’zolari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor – o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar hamda Tillar kafedrasi mudiri Saodat Tuychieva Mirobod tumanida joylashgan “Shahar bolalar ruhiy – asab kasalliklari markazi”ga tashrif buyurdilar. Tadbir davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltaeva talaba-yoshlarda shukronalik hissini uyg‘otish maqsadida ularga farzand tarbiyasiga alohida e’tibor zarurligi hususida, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh munosabatlarining oqibatlari hususida gapirib o‘tdilar.

Tadbirni Mirobod tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Shahar bolalar ruhiy – asab kasalliklari markazi” rahbariyati, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Ramazon xayiti munosabati bilan bolajonlarga sovg‘a-salomlar berib yuborildi.

     

     

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltaeva