1-Respublika tibbiyot kolleji talabalari institut «Farmatsevtik kimyo» kafedrasiga tashrif buyurishdi.

06.06.2019, 15:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3668

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va nutqlari, vazirlar mahkamasi xujjatlari, xalq ta’limi, oliy va o‘rta – maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining qator xujjatlari mazmuni bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlarning qonuniy va konseptual asoslari bo‘lib, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlagsh Milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi kadrlar muhim rol o‘ynaydilar.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda institut farmatsevtik kimyo kafedrasi xodimlari Respublikamizdagi kollejlar bilan muntazam ravishda kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi. Joriy yilning 18 may kuni 1 – Respublika tibbiyot kolleji talabalari Xakimova Shukriya Toirovna rahbarligida «Farmatsevtik kimyo» kafedrasiga tashrif buyurdilar va kafedraning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif jarayonida institut faoliyati bilan ham yaqindan tanishib chiqishdi.

      

Farmatsevtik kimyo kafedrasi