Toshkent farmatsevtika institutida bosqichma-bosqich kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

04.06.2019, 11:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2241

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli Qarorining 1-ilovasida keltirilgan amaliy  chora-tadbirlar rejasining 1-bandini ijrosi yuzasidan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent farmatsevtika institutida bosqichma-bosqich kredit-modulli o‘qitish tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish rejalashtirilgan.

2019 yil 01 iyun soat 12.00 da kichik faollar zalida , ilg‘or xalqaro tendensiyalar hamda mahalliy farmasevtika ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda farmasevtika ta’lim muassasalarida kredit-modulli o‘qitish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish maqsadida Astana tibbiyot universiteti, farmasevtik fanlar kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Shukirbekova Alma Boranbekovna boshchiligida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

6 yil davomida kredit-modulli o‘qitish tizimini qo‘llab kelayotgan oliy ta’lim muassasasi tajribasini almashinish, ushbu tizimning afzalliklari va e’tiborga loyiq taraflari yuzasidan institut kafedralarining o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari ishtirokida  qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

     

     

O’quv-uslubiy bo’lim