Yoshlar o’rtasida  zararli odatlar rivojlanshiga qarshi kurashamiz

03.06.2019, 17:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2434

O‘zbekiston Respuplikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi,sog‘lom turmush tarzini qo‘llab –quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori va  31 may-Xalqaro tamakisiz kunini samarali o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respuplikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 maydagi 10-5/1352-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Xalqaro tamkakisiz kun” munosabati bilan “Tamaki va o‘pka salomatligi”- shiori ostida 2019 yil  31 mayda targ‘ibot-tashviqot  tadbirlari  tashkillashtirilshi  rejalashtirilgan. Shu maqsadda   2019 yil  3 iyun  kuni Farmakologiya  va klinik  farmatsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan soat 12.00 da mazkur yo’nalishning  105- 106-guruh  talabalariga “Tamakining inson organizmiga zararli ta’siri” va “Ichkilikbozlik-yomon illat” mavzularida davra  suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar   o’zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

      

     

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova