“Eng faol bilimdon kitobxonlar” festivalida institut rahbar xodimlari ishtirok etishdi

03.06.2019, 11:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2097

Inson o‘ziga kerakli ma’naviy ozuqani ilm-ma’rifat orqali anglaydi. Insonning ilmiy salohiyati ortgan sari olijanob, adolatli, yuksak bo‘lib boradi. Aziziddin Nasafiyning yozishicha: «Insonning vazifasi uzluksiz ma’rifatga intilish va o‘z borlig‘ini nur bilan to‘ldirish, ilm topib musaffolikka yetishishdir». O‘z mohiyatini to‘g‘ri va teran anglagan hamda shunga munosib ravishda ilm olishga intilgan odam, shubhasiz komillik sari odim qo‘ygan bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” 2017 yil 12 yanvardagi farmoyishi hamda 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori  kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko‘targanligini ko‘rsatib berdi.

2019 yil 31 may kuni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova va institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupovalar Toshkent Davlat Iqtisod universitetida bo‘lib o‘tgan “Eng faol bilimdon kitobxonlar” festivalida ishtirok etdi. Festivalda “Eng yaxshi beshtalik” jamoalari tomonidan quyidagi shartlar bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi:

– asar muallifi haqida qisqacha ma’lumot berish;

– o‘rganilgan har bir badiiy adabiyotning qisqacha annotatsiyasi;

– o‘rganilgan badiiy adabiyot bo‘yicha lavhalardan parcha yoki monolog aytib berish;

– iqtiboslar keltirish;

– badiiy adabiyot mavzusiga oid rasmlar, videorolik va musiqalar taqdim etish;

– qisqacha kitob haqida esse taqdim etish: “Nima uchun ushbu kitobni o‘qishni tavsiya etaman…”;

– asar bo‘yicha kichik sahna ko‘rinishini namoyish etish.

Festivalda doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda tanlov g‘oliblariga tadbir yakunida estalik sovg‘alari hamda diplomlar taqdim etildi. Mazkur tadbir Toshkent farmasevtika institutida ham joriy etilishi belgilab olindi.

     

 

      Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i