Respublika Oliy ta’lim muassasalalari talabalari o‘rtasida “Jaholatga  qarshi   ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan maqolalar tanlovida Toshkent farmatsevtika instituti talabasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

01.06.2019, 16:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2176

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 6-bandida belgilangan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 martdagi 239-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Oliy ta’lim muassasalalari  talabalari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi maqolalar tanlovida Respublika Oliy ta’lim muassasalalari  ichida Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti 3 kurs 308 A guruh talabasi Nosirova Dilfuza Gafurovna 2-o‘rinni egalladi. Shu munosabati bilan Toshkent farmasevtika instituti talabasi Nosirova Dilfuza Gafurovnani chin yurakdan muborakbod etamiz.

 

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova