Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi

29.05.2019, 17:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1797

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son qarori bilan tasdiqlangan “2019-2022 yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlar dasturi” ning 16-bandi) ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmatsevtika instituti 2019 yil 1 – 31 may kunlari institut professor – o‘qituvchilari va ishchi – xodimlari o‘rtasida “Shanba – ommaviy sport kuni” sport festivalining 3-haftasi  musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Voleybol, Darts, Arqon tortish va shaxmat-shashka turliri bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra Voleybol sport turi bo‘yicha 1- o‘rinni 25:18 hisobi bilan Sanoat farmatsiya fakultetiga qarashli “Sanoatchilar” terma jamoa o‘qituvchi va xodimlari egalladilar. 2- o‘rinni esa Farmatsiya fakultetiga qarashli “Farmatsevtlar” terma jamoalari egalladilar. Yakka tartibda o‘tkazilgan nishonga otish,  ya’ni “Darts” turi bo‘yicha 113 ochko to‘plab 1- o‘rinni Po‘latova F (organik va biologik kimyo kafedrasi o‘qituvchisi) egalladi. 87 ochko bilan 2- o‘rinni Ramazonova K.R. (DVS va SM kafedra o‘qituvchisi) egalladi. 68 ochko to‘plagan Axmedova N.B. musobaqaning faxrli 3 – o‘rinni egalladi. Yakka tartibda o‘tkazilgan “Shaxmat” sport turi bo‘yicha 1- o‘rinni Djuraeva Saida (Fizika, matematika va AT kafedra o‘qituvchisi) egalladi.  “Arqon tortish” jamoaviy o‘yinda g‘oliblikni sanoat farmatsiya fakultetining “Sanoatchilar” terma jamoasi qo‘lga kiritdilar. 2- o‘rinni esa farmatsiya fakultetiga qarashli “Farmatsevtlar” terma jamoalari egalladilar.

     

     

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i