Talabalar turar joyida “Kafedra kuni” doirasida “Kеksаlаrni e’zоzlаsh хаlqimizgа хоs fаzilаt” mavzusida suhbat tashkil etildi

29.05.2019, 12:23 Yangiliklar 1930

Xalqimizda shunday naql mavjud: “Qarisi bor uyning parisi bor”. Mazkur naql o‘zbek xalqining necha ming yillik qadriyatlarini, an’analarini o‘zida singdira olgan, yoshlarni ham mana shu ruhda tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Shu bois, 2019 yil 24 may kuni Organik va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida  “Keksalarni e’zozlash xalqimizga xos fazilat” mavzusida  suhbat tashkil etildi. Tadbirda kafedra o‘qituvchilari faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Suhbat jarayonida talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, keksa avlodni hurmat qilish va e’zozlash ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

     

Оrgаnik vа biоlоgik kimyo kаfеdrаsi