Talabalar turar joyining 37 xonasida yashovchi F.J.Fozilov, A.Sh.Odilov va F.Nazarmatovlarning yashash sharoitini ko‘rib ta’bing xira bo‘ladi

28.05.2019, 13:33 Yangiliklar 2418

Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, saromjon sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining kelajak avlod vakillariga doimo uqtirib kelishgan. Zero, tozalik, orastalik mavjud joyda dard bo‘lmasligi ayni haqiqat.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deydilar. Darhaqiqat, ko‘ngil toza, beg‘ubor bo‘lsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va ko‘rkamlikni istaydi.

Bugun institut rektori hamda bir guruh rahbar xodimlar ishtirokida institut talabalar turar joyi holatini o‘rganish bo‘yicha tekshirish ishlari olib borildi. Tekshirish jarayonida insonni ta’bini xira qiladigan, yashash sharoitida tozalikka, orastalikka rioyaya etmagan talabalar aniqlandi. Xonadagi holatni ko‘rib inson taajubda qoladi. Nahotki, shunaqa holatda inson yashash mumkin. Institut rahbariyati tomonidan har haftada kamida 2 marotaba talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida ozodalik, tozalik, odob-axloq tushunchalariga oid targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ammo bu targ‘ibot ishlari talabalar turar joyining 37 xonasida yashovchi talabalariga ta’sir qilmagan ko‘rinadi. Xonaning kirish eshigida talabalar o‘zlarining sur’atlarini chizib qo‘yganmi, rasmga qarab talabalarning ko‘rinishi shunday bo‘lsa kerak deb uylaysan kishi.  Xonaga kirgan odam eshik qaerda ekan deb ancha qidirib, xunob bo‘ladi. Shunaqa betartib xonada ham inson yashashi mumkin ekanda deysiz.

Hamma xavas qilgudek, barchaga o‘rnak sifatida ko‘rsatadigan xonalar qatoridan joy olishga umid bog‘lab qolamiz. Bu kabi holatlar yana takrorlansa yuqorida nomlari qayd etilgan talabalar talabalar turar joyidan chetlashtiriladi.

     

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi