Sanoat farmatsiyasi 4-kurs talabalari Moskva viloyati Orexovo-Zuevo shahridagi “Ekolab” farmasevtik ishlab chiqarish korxonasida diplomoldi amaliyotini o‘tdilar.

27.05.2019, 16:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2278

2019 yil 13-24 may mobaynida Sanoat farmatsiyasi 4-kurs talabalari dori vositalarini standartlashtirish va sifat  menejmenti kafedrasi dotsenti M.B.Mavlyanova rahbarligida Moskva viloyati Orexovo-Zuevo shahrida joylashgan Davlat gumanitar-texnologik universitet Farmatsiya fakultetiga tashrif buyurib, “Ekolab” farmasevtik ishlab chiqarish korxonasida “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish” va “Farmasevtik texnologiya” bo‘yicha diplomoldi amaliyotini o‘tadilar. Talabalar diplom ishlarining nazariy va amaliy qismlariga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, amaliyot o‘taganligi haqida sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. O‘z navbatida amaliyot rahbari dotsent M.B.Mavlyanova “Инновационные подходы к конторолю качества лекарственных средств. Стандарты GMP и GXP при производстве лекарственных средств” dasturi bo‘yicha 72 soat hajmda malaka oshirishib, sertfikatni qo‘lga kiritdilar.

     

     

     

     

Training Department, Department of Standardization and Quality Management of Medicines