“Talaba-qizlar o‘rtasida kiyinish va muomila madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

22.05.2019, 19:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2155

Insonlarning surat va shakllari go‘zal qilib yaratilgan. Bu hikmat ularning muomalasi ham go‘zal bo‘lishini taqozo qiladi. Inson surat va siyratini, ichki dunyosini chiroyli qilgani sayin komillik darajasiga yaqinlashaveradi. Shuning uchun farzandlar muomalada muloyimlik va kechirimlilikni shior qilib olishlari lozim. E’tibor qancha kuchli bo‘lsa, ana shu miqdorcha ota-ona huzurida imkoniyatga ega bo‘ladilar. Odatda kishi obro‘-e’tiborini til orqali topadi. Dono xalqimizning bu to‘g‘rida “Tilga e’tibor, elga e’tibor”. “Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”. “Achchiq til zahari ilon, chuchuk tilga jon qurbon”. “Bemorga shirin so‘z kerak, aqlsizga ko‘z”. “Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi” kabi hikmatlari bejiz emas. Zero, insonning ma’naviy darajasini ko‘rsatadigan hayot tarzini yengillashtiradigan, ish yuritishda foydaga asos bo‘ladigan, sog‘lik-salomatligini barqarorlashtiradigan asosiy omildir.

2019 yil 21 may kuni Toshkent farmatsevtika instituti kichik faollar zalida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova hamda institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupovalar tashabbusi bilan “Talaba-qizlar o‘rtasida kiyinish va muomila madaniyatini shakllantirish” va  “Talaba-qizlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda psixolog G.M.Xalilova  va K.U.Abdullaevalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’lumotlar berildi. Suhbat davomida talaba-qizlar o‘rtasida o‘zbekona urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishlari, sabr-qanoatli, mustahkam irodali, muomila, burch va majburiyatlar yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek,  oila muqaddas ekanligi va  nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati va uning zarurligi haqida tavsiyalar berib o‘tildi. Davra-suhbati qizg‘in muzokaralariga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya fani o‘qituvchisi L.Sultonova  ham ishtirok etib, talabalarga tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi. Tadbirda jami 45 nafar talaba-qizlarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi