Kitob yarmarkasi tashkil etildi

22.05.2019, 19:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2020

Ma’lumki, yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va 2019 yil 2 aprelda tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 21 may kuni institut hududida “Yangi avlod” nashriyoti bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Mazkur yarmarkada o‘zbek va jahonadabiyotining durdona asarlari, falsafiy va ilmiy asarlari ham keng namoyish etildi. Yarmarkada institut professor-o‘qituvchilar va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan badiiy asarlar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab olindi.

            

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi