Toshkent Farmatsevtika instituti O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari reytingida 11-o‘rinda

22.05.2019, 12:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2956

O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi, deb xabar berdi UniRank. Repost’ning yozishicha, reytingda kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Inha universitetlari egallagan. E’tiborlisi Toshkent farmasevtika instituti bir sohada faoliyat yuritishiga va o‘zining kichik kontingentiga qaramay, mazkur reytingda yetarlicha salmoqli o‘rinni egallagan.

Ushbu reyting quyidagi me’zonlarga asoslanib tuzilgan:

  • O‘zbekistondagi OTMlarning davlat organlari tomonidan litsenziyalash va / yoki akkreditatsiyalash;
  • kamida to‘rt yillik bakalavr va / yoki boshqa ta’lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta’minlash vakolati;
  • ta’limni asosan an’anaviy shaklda o‘qish joyida o‘tkazilishini ta’minlash.

Qayd etilishicha, UniRank Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha yetakchi xalqaro axborot va qidiruv tizimi hisoblanadi. Unda dunyoning 200 ta mamlakatlari bo‘yicha 13 600 dan ortiq rasman tan olingan universitetlar haqidagi ma’lumotlar va reytinglar taqdim etilgan.

Reytingdan o‘rin olgan universitetlarning to‘liq ro‘yxatini UniRank rasmiy saytidan ko‘rish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Institutimizning mazkur reytingda kuchli 10 talikka kirishi va undagi o‘rnini yanada yaxshilashi uchun akademik reputatsiya, ish beruvchilar bahosi, ilmiy salohiyat, xorijiy talabalar soni, moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganlik, ishlab-chiqarishdan olinadigan foyda, xorijiy maqolalar chop etish ustida tinmay amaliy ish olib borishimiz zarur bo‘ladi. Institutning bu reytingini ushlab qolish, kerak bulsa yuqorilatish institut yoshlari qo‘lidan keladimi? Albatta keladi, faqat bu sharafli ishda har bir yosh talaba, doktorant, o‘qituvchilar vijdonan, arzimagan narsa bilan bo‘lsada, o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. O‘sha arzimagan narsa, har kungi ishimiz:

1) O‘z ustimizda uzluksiz ishlash (yangi, chuqur, sifatli bilim olish va uni talabalarga berish);

2) Horijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish;

3) Ilmiy ishlarni mukammalashtirish, tijoratlashtirish;

4) Ilmiy maqolalar chop etish (xorijiy, maxalliy);

5) Horijiy stajirovkalarga borish;

6) Institutning reputatsiyasi (obro‘si)ni kutarish va xkz

Qayerda bo‘lmasin, Toshkent farmatsevtika instituti foydasi uchun hissa qo‘shib kelish, ta’bir joiz bo‘lsa, nimanidir “yulib” kelish kerak!

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova