Orenburg Davlat universiteti kimyo kafedrasi dotsenti Ye.A.Kunavina 2019 yil 16-18 mayda Toshkent farmatsevtika instituti analitik kimyo kafedrasida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

21.05.2019, 15:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1812

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Orenburg Davlat universiteti kimyo kafedrasi dotsenti Ye.A.Kunavina 2019 yil 16-18 mayda Toshkent farmatsevtika instituti analitik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari va 2 kurs farmatsiya yo‘nalishi talabalariga “Zamonaviy taxlilni uskunaviy usullari” mavzusida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

     

     

Kimyo kafedrasida