Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ixtirochi ayollar markazi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “MEDICALWOMENUZ” forumi bo‘lib o‘tdi.

21.05.2019, 15:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2440

Joriy yilning 13-18 may kunlari O‘zbekiston xotin-qizlarining innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini tatbiq etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Innowomenweek” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi o‘tkazildi. Mazkur haftalik O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. 2019-yilning 17-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Toshkent farmatsevtika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov “Farmatsevtika sohasidagi xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va ularni amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi hamda institutimiz olima ayollari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ihtirolari bilan ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

     

     

     

     

Xotin-qizlar qo‘mitasi