Toshkent Farmasevtika institutiga Perm Davlat Farmasevtika Akademiyasi rektoriningning  tashrifi

20.05.2019, 14:14 Yangiliklar 2732

2019-yil 18-may kuni Toshkent Farmasevtika institutiga Perm Davlat Farmasevtika Akademiyasi rektori Turishev Aleksey Yurevich tashrif buyurdi. Toshkent farmasetika instituti rektori Almidjanov Ibroxim Inomovich, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor  Yuldashev Zokir Abidovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich, o‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Abzalova Nodira Akmalovna, halqaro hamkorlik bo‘lim boshlig‘i N.T.Zaripova va institut professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaning tashrif buyurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent Farmasevtika instituti bilan qo‘shimcha hamkorlik kelishuvi muhokama qilinib, unda kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqot va harakat dasturlar doirasida talabalarni o‘qitish jarayonini takomillashtirish, tajriba almashishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishdir.