“Jinoyat uchun jazo muqarrar”

17.05.2019, 21:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2032

2019 yilda Toshkent farmasevtika institutida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, Farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev 2019 yil 17 may kuni institutning katta faollar zalida Farmatsiya  fakultetining 2 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi uning maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, qishki yakuniy nazorat natijalari, talabalarning davomati, institut tartib qoidalariga muntazam rioya etish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek talabalarning oldidagi vazifalardan biri chet tilini yahshi o‘rganishi shu bilan bir qatorda  mutaxassislik fanlarini mustahkam egallashi ekanini ta’kidladi. Muloqot jarayonida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikga qarshi kurashish, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, huquqiy madaniyatni yanada shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlaar Mahkamasining 2015 yil  12 noyabrdagi  “Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib kirish,  undan olib chiqish,  va tranzit tarzida  o‘tkazish tartibi, hamda ularning  muomalada bo‘lishi  yuzasidan  nazoratini  takommillashtirish  to‘g‘risida”gi  330-sonli  qarorining mazmun-mohiyati bilan  tanishtirildi. Shuningdek, psixotrop moddalarning inson salomatligiga ta’siri va qonunga hilof tarzda psixotrop moddalarning savdosi va jinoiy ishlarni aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Tadbirda  jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi