Talabalar o‘rtasida psixotrop moddalarning noqonuniy harakati, ularning salbiy oqibatlari

17.05.2019, 16:28 Yangiliklar 1962

Talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida psixotrop moddalarning noqonuniy harakati, ularning salbiy oqibatlariga bag‘ishlab, “Giyohvandlik – inson umri zavoli”, “Jinoyat uchun jazo muqarrar” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda talabalar turar joyi mutasaddisi X.Sh.Ilxomov, tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupova va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchisi F.Sh.Nomozovlar ishtirok etib mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, suhbat jarayonida IIB tomonidan taqdim kilingan videorolik namoyi etildi. Videorolikda ko‘rsatib berilgan masalalar yuzasidan talabalar o‘rtasida muhokama etildi va talabalar o‘rtasida psixotrop moddalarning noqonuniy harakati, ularning salbiy oqibatlari misollar yordamida tushuntirib berildi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi