Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari talabalar turar joyida kafedra kunini o’tkazish davomida talabalarga badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdim etishdi.

16.05.2019, 16:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1768

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi o’qituvchi va hodimlari tomonidan talabalar turar joyida kafedra kuni o’tkazildi. Kafedraning dotsenti I.M.Iminova “Diniy ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so’ng “Kitob bizning do’stimiz”, “Kitob bizning beminnat maslahatchimiz” mavzularidagi ma’ruzalari orqali talabalarga maslaxatlar berildi.

Bu tadbirda kafedraning dotsenti I.M.Iminova, kafedra assistentlari N.M.Vaxidova, Sh.X.Yuldasheva va U.G’.Mustafaevlar hamda kafedra laboranti A.A.Mirhamidovalar kitoblarni talabalar turar joyiga hadya qilishda qatnashishdi.

Kafedra kuni tadbirida shuningdek, kafedraga tegishli bo’lgan 62-78-xonalardan talabalar ham faol ishirok etishdi. Kafedra tomonidan 3 nomdagi badiiy va 9 nomdagi ilmiy kitoblar talabalar turar joyi kutubxonasiga rasmiylashtirib berildi. Kafedra hodimlari ishonamizki bu kitoblar albatta ezgu maqsadlarda foydalaniladi.

     

     

DVSSM kafedrasi