“Eng faol kitobxonlar reytingi aniqlandi”

16.05.2019, 15:20 Yangiliklar 2025

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aqlning chirog‘i, bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, hazina va tafakkur kaliti.  Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddasdir.

Kitob insoniyat ongli hayotining, ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanalib kelinadi. Kitob – bepoyon olam: bag‘ri keng, osmoni baland, tubi teran… Donolar ta’rificha, kitob bilim manbai, insoniyat to‘plagan hikmatlar hazinasi.

Ma’lumki,  yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va 2019 yil 2 aprelda tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 16 may kuni institut ARMda joriy yilning aprel va may oylari davomida eng faol kitobxonni aniqlash hamda ARMdagi mavjud badiiy asarlardan eng ko‘p o‘qilayotgan asarlar bo‘yicha monitoring ishlari  olib borildi. Mazkur olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra so‘ngi oylarda talabalar tomonidan eng ko‘p marotaba foydalangan asarlar mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodlari bilan qiziqishlari aniq bo‘ldi. Shuningdek, hozirgi o‘zbek adabiyoti vakillaridan O‘tkir Hoshimov, Tohir Malik,  Erkin A’zam, Sirojiddin Sayyid, Akmal Mirzo va boshqa bir qator ijodkorlarning asarlari talabalar tomonidan ko‘p marotaba mutolaa qilingan.

2019 yil aprel va may oylarida ARMdan eng ko‘p badiiy asar mutolaa etgan talabalar reytingi aniqlandi va unga ko‘ra: Farmatsiya fakulteti 1 kurs talabalari Gulasal Farmonova, Dilafruz Muxammadieva, Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabasi Sarvinoz Alisherova, Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi 1 kurs talabalari D.Xairoyeva, Yu.Xudoyberdieva hamda Sanoat farmatsiyasi fakulteti 1 kurs talabasi Norbo‘ta Qo‘ldoshevlar deb topildi. Bu kabi talabalarimiz safi yanada kengayishini istab va kitoblar insonni ezgulik sari safarbar etishini unutmang deymiz.

     

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi