“Universiada 2019” Toshkent shahar bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

14.05.2019, 17:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1930

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali ta’lim va mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, aholi va yoshlarning sportning jismoniy tarbiya hamda ommaviy turlariga qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2019 yil 11 may kuni Toshkent kimyo texnologiya institutining M.Gorkiyda joylashgan bo‘limida stol tennisi sport turidan “Universiada 2019” Toshkent shahar bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada Toshkent farmasevtika instituti  terma jamoa a’zolari faol ishtirok etib keldilar. Stol tennisi sport turi bo‘yicha 24 ta OTMlari talabnoma topshirdilar. Talabnomaga binoan har bir jamoadan 2 ta talaba – yigitlar va 2 tadan talaba – qizlar ishtirok etdi. Musobaqa olimpiya tizimida o‘tkazildi. Ishtirokchilar 4 guruhga bo‘linib, har bir guruhda 8 tadan ishtirokchi bellashdilar. 1-turda bizning terma jamoa a’zolaridan 2 nafar talaba yigit – qizlarimiz 2-turga o‘tib, keskin raqobat va bellashuvlar natijasiga ko‘ra 5-bosqich talaba Shonazarov Sodiqjon 3-turga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. 3-turda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning 8 –  o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova