“Giyovandlik – asr vabosi”

14.05.2019, 16:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1933

Giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biridir. Shu bois mamlakatimizda unga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ushbu balodan asrash borasida keng ko‘lamli keskin chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, targ‘ibot-tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotir. Shu maqsadda Toshkent farmatsevtika institutining kichik faollar zalida “Giyovandlik – asr vabosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi yetakchi eksperti A.V.Mokiy ishtirob etib,  giyohvandlik – asr vabosi ekanligi, uning salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent farmatsevtika instituti Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri Z.O‘.Usmanalieva ham so‘zga chiqib xozirgi kunda narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar kundan kunga ko‘payib borayotganini afsus bilan ta’kidlab o‘tdi. Giyohvandlik oqibatida minglab norasida go‘daklar mayib majruh tug‘ilayotgani, oilalarda ajrashishlar ko‘payayotgani va dunyoda millionlab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumayotgani haqida so‘z yuritdi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi va soha mutaxassislari berilgan savollarga javob berdi. Tadbirda jami 200 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova