Toshkent farmasevtika institutida “farmakologiya” (umumkasbiy) talabalar respublika fan olimpiadasi II-bosqichi o‘tkazildi

14.05.2019, 16:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2131

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017  yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi , 2017 yil 5 maydagi  PQ-2956 sonli  “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi    PQ-3532-sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 314 -sonli va  Toshkent farmasevtika institutining 2019 yil 10 apreldagi 293-sonli buyruqlarini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha 13 may kuni farmakologiya fani bo‘yicha  Respublika fan Olimpiadasining II  bosqichi Toshkent farmasevtika institutida o‘tkazildi.

Bu tadbirda jami 10 ta institutdan talabalar va ularning rahbarlari ishtirok etishdi. Olimpiada jarayoni 4 bosqichdan iborat bo‘lib, Oliy ta’limning rivojlantirish markazidan belgilangan mas’ul xodim ishtirokida shaffof o‘tkazildi.

1chi bosqichda og‘zaki topshiriqni talabalar kichik faollar zalida topshirishdi.

2 chi bosqichi yozma ko‘rinishda o‘tkazildi.

3 bosqichda talabalar tomonidan tayyorlanib kelingan laboratoriya ishlari baholandi.

4 bosqichda test topshirig‘i AKT bo‘limida topshirildi. Xar bir bosqichdan keyin baholar e’lon qilindi.

Olimpiada yakunida talabalarning ballari e’lon qilindi va talabalar baholandilar.

1 o‘rinni Toshkent farmasevtika instituti 4 kurs 408 guruh talabasi Axmedov Akmal egallab diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.

2 o‘rinni Andijon DTI 3-kurs Davolash ishi talabasi Ibroximov Oyatullo Olimjon o‘g‘li egallab diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.

3 o‘rinni Toshkent TTA Davolash fakulteti davolash ishi, 3-kurs talabasi Asilov Saidburxon Saidmurod o‘g‘li  egallab diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi