Vatan uchun jonini judo aylaganlarni qadrlab

06.05.2019, 16:15 Yangiliklar 2189

2019 yilning 6 may kuni Tillar, Farmakologiya va klinik farmatsiya, Biotexnologiya hamda Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkent shahar, Mirobod tumani, Eski Sariko‘l ko‘chasi 186/4 xonadonda yashovchi 2-jahon urushi qatnashchisi 95 yashar Kirpichev Fatix Aktamovichning xonadoniga bayram tuhfalari bilan tashrif buyurishdi. Veteran xonadonida uning oila a’zolari, farzandlari, nabiralari va qo‘shnilar kutib olishdi. Kafedralar kelishilgan holda veteranga bir buket gul, katta ramkaga solingan soat, bozorlik va 400.000 so‘m pulni dori-darmonlar uchun berishdi. Kirpichev Fatix Aktamovich barcha, shu jumladan Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Ushbu tadbirda Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva, Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri, f.f.  Z.Fayzieva, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.B.Umarova, Biotexnologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi X.A.Ubaydullaeva, Tillar kafedrasi dotsenti F.Z.Umarova, Tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.U.Maxmudbekova, Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi SH.SH.Sattorovlar ishtirok etishdi.

     

Tillar kafedrasi