E’tibor va g’amxo’rlik insoniy burch

06.05.2019, 14:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2269

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

9 – mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Mustaqillik yillarida ham bizda 9 – may umumxalq bayrami sifatida, 1999 – yildan boshlab esa Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlaymiz. Darhaqiqat, Mustaqil davlatning bayramlari ham xalq tabiati va an’analariga mos bo‘lishi kerak. Chunki har bir xalq qanday yashashi, nimani qadrlashi, qaysi sanalarni tantana qilishini o‘zi hal etadi. Bunda o‘z tarixidan kelib chiqadi, bugunini o‘ylaydi va kelajagini ko‘zda tutadi.

9 – mayning Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinishi bizda siyosatning insoniylashganidan, davlatning hazrati insonga qayishganidan dalolat beradi. Urushda halok bo‘lgan har bir o‘zbekistonlik – Vatanimiz farzandi edi. Ularni yoddan chiqarishga hech birimizning haqqimiz yo‘q.

Shu bayram  munosabati bilan 2019 – yil 4 – may kuni Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi assistenti N.Sh.Radjapova, Farmakognoziya va botanika asoslari kafedrasi assistenti S.I.Xudoyorova, Farmatsevtik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi T.G. Mirraximovalar “9-May Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Mirobod tumani, Sarikul ko‘chasi 95 – uy, 5 – xonadonda yashovchi II Jahon  urushi qatnashchisi P.K.Korzon uyiga sovg‘a-salomlar bilan tashrif  buyurib,  bayram bilan tabriklab keldilar.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova