Xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir

06.05.2019, 14:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2104

Xalq xotirasi deganda kishi ko‘z o‘ngidan Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudrati, aql-zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar  o‘tadi. Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi. Toshkent farmatsevtika institutida ham Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlangan. Jumladan 2019 yilning 4 may kuni institutga xarbiy  imtiyoz bilan kirgan  hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining institutdagi faol talabalari 1941-1945 yillarda vatanimiz uchun jonini ham ayamay fidokorona xizmat qilgan jangchilar xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda qatnashdilar.

Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish,tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.

Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova